

(Qara...
Nafs degani cheksiz
bir narsada...) (Lekin to'xtash joyi bor...
Eshit...)
Shayton tugunini yecholmaydi bu nafs,
Omonat tanani qilmoqda xarob.
Mo‘minga bu dunyo misoli qafas,
Lekin ibodatning asli — namozda najot.
Ko‘ngil tozalansa, ko‘tarilar ruh,
Har bir gunohing yurakka soladi dog‘.
Nafsni yenga olgan — eng buyuk qudrat,
Faqat Allohni eslashdan topilar najot...
Xammaga berilgan ma’lum bir muddat,
Poyonin kutmoqda
barcha tirik jon.
Bu dunyo imtihon, sabr va saodat,
Oxirat manzili — abadiy makon.
Zamon girdobida yo‘qolgan inson,
Haq yo‘lni topmasa, qoladi hayron.
Yolg‘on va nafs ila to‘lgan har bir qon,
Lekin poklik va halollik ortida najot.
Yurakda imonning nuri so‘nmasin,
Tilda duo, ezgu amal to'xtab qolmasin.
Kim Haqqa intilsa, yo‘ldan toymasin,
So‘nggi manzil faqat Haq dargoh — najot.
Joynamoz ustida...
Sajdada najot...
Faqat sajdada...